Yoşlarni kasbga qiziqtirişda «Navoiyuran»dan amaliy taşabbus
«Kasbiy ta’lim tur» loyihasi doirasida «Navoiyuran» davlat korxonasi vakillari Konimex tumani texnikumi öquvçilari bilan uçraşib, ular uçun oçiq muloqot va korxona faoliyati bilan tanişuv tadbirini taşkil etdi.
Muloqotda yoşlarga sanoatda mutaxassisdan qanday bilim, mahorat va mas’uliyat talab etilişi tuşuntirildi. Kasb tanlaş, nazariy bilimlarni amaliyotda qöllaş va kasbiy rivojlaniş haqida fikr almaşildi.
Tadbirning amaliy qismida öquvçilar korxonaning Ta’mirlaş-mexanika sexida uskunalarning işlaşi, ularga texnik xizmat körsatiş va ta’mirlaş jarayonlari bilan tanişdi.
«Navoiyuran»ning bu taşabbusi öquvçilarning sanoat va işlab çiqariş haqidagi tasavvurini kengaytirib, turli kasblarga qiziqişini oşiradi.