«Navoiyuran»da 12 ta kasb böyiça kadrlar zaxirasi uçun tanlov ötkaziladi

Asosiy rasm

«Navoiyuran» davlat korxonasining «Nurobod» işlab çiqariş maydoni va uning bölinmalari uçun 2027-yilgi kadrlar zaxirasini şakllantiriş maqsadida 23–25-noyabr kunlari tanlov ötkaziladi.

Tanlov apparatçi, elektrçi, elektrogazpayvandçi, burğilaş eritmasini tayyorlovçi, elektromontyor, avtomobil haydovçisi, avtokran va ekskavator maşinisti, traktorçi hamda boşqa kasblar böyiça taşkil etiladi.

Nomzodlarning nazariy bilimlari va tahlil qiliş qobiliyati test, amaliy könikmalari esa amaliy sinovlar orqali baholanadi. Avval hujjat topşirganlar ham, endi topşirmoqçi bölganlar ham iştirok etişi mumkin.

Tanlov soat 08:00 dan 17:00 gaça, Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi «Nurobod» işlab çiqariş maydoni boşqarma binosida ötkaziladi.

Nomzodlardan pasport yoki ID-karta, kasb guvohnomasi, avval işlagan bölsa, mehnat daftarçasining asli va nusxalarini olib keliş söralgan.

Murojaat uçun: (79) 507-40-05.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring