Şavkat Mirziyoyev Iordaniyaning «Al Husayn ibn Ali» ordeni bilan taqdirlandi
Ammon şahrida Prezident Şavkat Mirziyoyevga Iordaniyaning oliy davlat mukofoti – «Al Husayn ibn Ali» ordeni topşirildi.
Öz navbatida, Özbekiston Prezidenti Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynni «Oliy Darajali Döstlik» ordeni bilan taqdirladi. Mukofot ikki mamlakat örtasidagi döstlikni mustahkamlaş, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun berildi.
Şavkat Mirziyoyev Iordaniya mukofotini özbek xalqiga körsatilgan hurmat ifodasi sifatida baholadi. Podşoh Abdulla II ham Özbekiston ordenini butun Iordaniya xalqi va ikki mamlakat döstligiga bölgan ehtirom ramzi sifatida qabul qilişini ta’kidladi.