Şavkat Mirziyoyev Ömonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Masqat şahrida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidga ikki mamlakatning oliy davlat mukofotlarini topşiriş marosimi bölib ötdi.
Ömon Sultoni Prezidentimizni ikki davlat örtasidagi döstlikni mustahkamlaş va köp qirrali hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qöşgan hissasi uçun «Ol Said» ordeni bilan taqdirladi.
Şavkat Mirziyoyev bu mukofotni butun Özbekiston xalqiga hamda mamlakatlar örtasidagi döstlik va hamkorlikka körsatilgan hurmat ifodasi sifatida qabul qilişini ta’kidladi.
Öz navbatida, Ömon Sultoni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun Özbekistonning «Oliy Darajali Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi.