Nişon va Mirzaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
Ğayratjon Sultonoviç Hamroyev Qaşqadaryo viloyatining Nişon tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
U 1985-yilda Kasbi tumanida tuğilgan. Qarşi muhandislik-iqtisodiyot instituti va Prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan. Faoliyati davomida Davlat kadastrlari palatasining Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.
Begmurod Miryaquboviç Akbarov esa Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining Sirdaryo viloyati böyiça loyiha ofisi rahbari bölib işlagan.
Akbarov 1984-yilda tuğilgan. 2005-yilda Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutini, 2015-yilda Prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – muhandis-texnolog, davlat va jamiyat boşqaruvi.