Energetika vazirining matbuot kotibi tayinlandi
Diyora Ikromjon qizi Abduvaxabova energetika vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari böyiça maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
U 2023–2026-yillarda Toşkent issiqlik markazining Investitsiya loyihalarini işlab çiqiş va amalga oşiriş bölimi boşliği bölib işlagan. Jumladan, Toşkentdagi birinçi yirik quvvatli kogeneratsiya elektr stansiyasini quriş va işga tuşiriş loyihasiga rahbarlik qilgan.
Abduvaxabova 2017–2022-yillarda Xitoyning Pekin çet tillar universitetida xalqaro munosabatlar va diplomatiya hamda huquqşunoslik yönalişlarida tahsil olgan.
Lavozimga tayinlaş Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamenti hamda Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazi xulosasiga köra amalga oşirilgan.