Mahkumlar oliy ta’lim oliş imkoniga ega böladi
Prezidentning 16-noyabrdagi PQ–397-son qarori bilan jazoni ijro etiş muassasalaridagi şaxslarni ozodlikka tayyorlaş va ijtimoiylaştiriş böyiça yangi çoralar belgilandi.
«Yangi hayot» dasturi doirasida 2027/2028 öquv yilidan mahkumlarga oliygohlarga kiriş va masofaviy şaklda tölov-kontrakt asosida öqiş imkoniyati yaratiladi. Buning uçun koloniyalarda videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan xonalar ajratiladi.
Şu muddatga qadar muassasalarda 310 ta öquv va 420 ta amaliy maşğulot xonasi taşkil etiş rejalaştirilgan. 2030-yilgaça kamida 50 ta kasb böyiça öquv dasturlarini joriy etib, har yili 15–20 ming nafar mahkumni talab yuqori kasblarga öqitiş maqsad qilingan.
Şuningdek, yoş mahkumlar orasidan saylanadigan yoşlar faollari har çorakda BHMning üç baravari miqdorida rağbatlantiriladi. Koloniyalarda masofaviy «Yoş kitobxon» tanlovi ötkaziladi, kutubxonalarda «Mutolaa» platformasidan foydalaniş imkoniyati yaratiladi.