«Navoiyuran»da mahalliylaştiriş imkoniyatlari «McKinsey & Company» ekspertlari bilan muhokama qilindi

Asosiy rasm

Toğ-kon sanoatida mahalliylaştiriş va sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş strategiyasini işlab çiqiş doirasida «Navoiyuran» davlat korxonasida amaliy uçraşuv ötkazildi.

Korxona axborot xizmatiga köra, Navoiy viloyatiga xizmat safari bilan kelgan işçi guruh tarkibida «McKinsey & Company» ekspertlari ham iştirok etgan.

Muloqotda korxonaning işlab çiqariş va texnologik jarayonlari, xaridlar va import tarkibi, investitsiya loyihalari hamda mahalliylaştiriş imkoniyatlari tahlil qilingan. Şuningdek, kooperatsiya aloqalarini kengaytiriş istiqbollari muhokama etilgan.

Strategiya toğ-kon sanoati korxonalarida, jumladan, «Navoiyuran»da mahalliy mahsulotlar işlab çiqarişni kengaytiriş va sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş böyiça örta va uzoq muddatli dasturlarni şakllantirişga asos böladi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring