O‘zbekistonda o‘lat bo‘yicha epidemiologik vaziyat barqarorligi ma’lum qilindi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov O‘zbekistonda o‘lat bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror ekanini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiyaning Irkutsk shahridagi holatning o‘lat, jumladan, uning o‘pka shakli bilan bog‘liqligi hozircha tasdiqlanmagan. Tekshiruvlar davom etmoqda.
Xavfli yuqumli kasalliklar kirib kelishining oldini olish uchun chegara o‘tish joylarida 53 ta sanitariya nazorat punkti faoliyat yuritmoqda. Hududiy ixtisoslashgan laboratoriyalar zarur diagnostika vositalari va reagentlar bilan ta’minlangan.