IAC-2028ni Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha dastlabki shartnoma imzolandi

Asosiy rasm

Antaliyada o‘tayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi doirasida Xalqaro astronavtika federatsiyasi (IAF) bilan 2028-yilgi kongressni Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha dastlabki shartnoma imzolandi.

Marosimda IAF prezidenti Gabriella Arrigo, raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Uzcosmos agentligi direktori Shuhrat Qodirov va «Sun’iy intellekt alyansi» NNT direktori Aziz Muhiddinov ishtirok etdi.

Hujjat kongressga tayyorgarlikning amaliy bosqichini belgilaydi. Endilikda xalqaro ishtirokchilar uchun infratuzilmani tayyorlash va kongress dasturini shakllantirish ishlari davom ettiriladi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring