Toshkent viloyatida bank bo‘limi boshlig‘i 100 ming dollar olayotganda ushlandi

Asosiy rasm

Banklardan birining mintaqaviy markazidagi Mahallabay va davlat dasturlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i 100 ming AQSh dollari olayotganda ushlandi.

Qayd etilishicha, u Quyichirchiq tumanidagi 16,05 gektar yerni sotish hamda hokimlik zaxirasidagi yana 4 gektar yerni mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirish evaziga 4 mln 250 ming dollar talab qilgan. 16,05 gektar yer uning otasiga 2024-yilda elektron auksion orqali chorvachilik uchun ijara huquqi asosida berilgan.

Bo‘lim boshlig‘i talab qilingan pulning 100 ming dollarini oldindan olayotganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov davom etmoqda.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring