Ayrim dorixonalarda dorilar ruxsat etilgan narxdan bir necha baravar qimmat taklif qilingan va sotilgan

Asosiy rasm

Raqobat qo‘mitasi “sirli mijoz” tadbirlarida ayrim dorixonalarda dori vositalari ruxsat etilgan narxdan bir necha baravar qimmat taklif qilingani yoki sotilganini aniqladi.

Jumladan, “SHUNQORLAR” MChJ dorixonasida “Polimik” 12 837 so‘m o‘rniga 70 ming so‘mga, “Konvuleks” esa 66 481 so‘m o‘rniga 395 ming so‘mga taklif etilgan. “MUNO FARM” MChJ dorixonasida “Stimuloton” 50 666 so‘m o‘rniga 295 ming so‘mdan taklif qilingan.

“CITY FARM” MChJ dorixonalarida “Baktamed” 18 849 so‘m o‘rniga 63 ming so‘mga sotilgan. Boshqa qator dorixonalarda ham narxlarni oshirish holatlari qayd etilgan.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berilgan. Dorixonalarning litsenziya talablariga muvofiqligini qayta ko‘rib chiqish uchun vakolatli organga so‘rov yuborilgan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring