Imom Buxoriy markazi 9 oyda 7 ta noyob asarni tarjima qildi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2026-yilning yanvar–sentabr oylaridagi faoliyati natijalarini ma’lum qildi.
Hisobot davrida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida 190 ta targ‘ibot tadbiri o‘tkazilgan. Raqamli platformalarda 298 ta videodars, 165 ta qisqa video hamda 385 ta audio va videoraddiya e’lon qilingan.
Ilmiy yo‘nalishda Imom Buxoriy, Imom Zarnujiy, Imom G‘azzoliy va boshqa allomalarning 7 ta noyob asari o‘zbek tiliga tarjima qilingan, 19 ta ilmiy nashr hamda 39 ta maqola chop etilgan.
Xorijiy fondlardan “Sahihul Buxoriy” va Movarounnahr allomalariga oid 458 ta qo‘lyozmaning elektron nusxasi jamlangan.
Xalqaro hamkorlik doirasida 130 dan ortiq tadbir o‘tkazilib, xorijiy universitet va ilmiy markazlar bilan 10 ta memorandum imzolangan. Olti davlatdan kelgan 12 nafar tadqiqotchi Markazda ilmiy amaliyot o‘tagan.