Ekologik ekspertiza uchun arizalar endi faqat my.gov.uz orqali qabul qilinadi

Asosiy rasm

2026-yil 24-sentabr soat 18:00 dan boshlab davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun arizalarni qabul qilish tartibi o‘zgardi.

Davlat ekologik ekspertizasi markazi ma’lum qilishicha, endilikda arizalar faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qaroriga muvofiq joriy etildi. Qarorda arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish va ekspertiza xulosalarini elektron shaklda taqdim etish belgilangan.

Yangi tizimni ishga tushirish uchun zarur texnik ishlar bajarilib, portalda arizalarni qabul qilish va ular bo‘yicha elektron xulosalar berish jarayoni test rejimida sinovdan o‘tkazildi. Sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangach, xizmat to‘liq ishga tushirildi.

Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun my.gov.uz orqali ariza berish mumkin.

Shu munosabat bilan eco-service.uz sayti orqali arizalarni qabul qilish to‘xtatildi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring