Yengil sanoat korxonalari kreditlarining asosiy qarzini qaytariş muddati 36 oyga uzaytiriladi
Prezidentning 2026-yil 26-noyabrdagi PQ–407-son qarori bilan yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş çoralari belgilandi.
2026–2029-yillarda investitsiya loyihalari va aylanma mablağlar uçun ajratilgan kreditlarning asosiy qarzini qaytariş muddati 36 oyga uzaytiriladi. Foiz tölovlarining bir qismini qoplaş tizimi ham joriy etiladi.
2028-yil 1-yanvarga qadar eksport tuşumi kelib tuşiş muddati 365 kungacha uzaytiriladi. Şu davrda jarima va eksport operatsiyalarini çeklaş çoralari qöllanmaydi.
Işlab çiqariş uçun zarur xomaşyo, materiallar, butlovçi buyumlar va ehtiyot qismlar importiga avval berilgan bojxona boji imtiyozlari 2030-yil 1-yanvargaça amal qiladi.
Şuningdek, faoliyat yuritayotgan klasterlarning 2022–2023-yilgi paxta hosili uçun olgan 3,2 trillion sömlik kreditlarini 2028–2029-yillarda oyma-oy teng uluşlarda qaytarişga ruxsat beriladi. 2025-yil hosili böyiça 1,2 trillion sömlik qarzdorlik esa 2027-yil 1-martgaça teng uluşlarda tölanadi.
Paxta tolasini qayta işlaş quvvatiga ega klasterlar va töqimaçilik korxonalarining kredit qarzini undirişda xarid qilingan paxta xomaşyosi hamda undan olingan tolaga undiruv qaratilmaydi.