Toşkent–Samarqand yönalişida alohida yuqori tezlikdagi temir yöl quriladi
Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uçraşuvda ma’lum qildi.
Uçraşuvda davlat rahbari xalqaro moliya taşkilotlari va investorlarni umumiy qiymati 8 milliard dollarlik temir yöl loyihalarida hamkorlikka çaqirdi.
2030-yilgaça 545 kilometr yangi temir yöl quriş, elektrlaştirilgan yöllar uluşini 65 foizga va elektropoyezdlar parkini 31 taga yetkaziş rejalaştirilgan.
2027-yilda Angren–Pop liniyasi modernizatsiya qilinadi, ikkinçi liniya quriş masalasi ham körib çiqiladi. Apreldan Töqimaçi–Angren yönalişida ikkinçi temir yöl qurilişi boşlanadi.
Şuningdek, Toşğuzor–Qumqörğon uçastkalari modernizatsiyasi yakunlanib, Andijon–Xonobod va Qumqörğon–Quduqli yönalişlari töliq elektrlaştiriladi.
Hozirda temir yöllarning 25 foizi töliq quvvatda, 15 foizi esa ortiqça yuklama bilan işlamoqda. «Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston» temir yöli işga tuşgaç, yuk taşiş hajmi oşişi kutilayotgani, milliy infratuzilmani ham şunga mos rivojlantiriş zarurligi ta’kidlandi.