Özbekistonda qöriqlaş xizmatlarida virtual «SOS» tizimini joriy etiş taklif etildi

Asosiy rasm

Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan taqdimotda mobil qurilmalar orqali tezkor yordam çaqiriş uçun virtual «SOS» tizimini joriy etiş taklif qilindi.

Mavjud oltita xizmatga qöşimça sakkizta yangi xizmatni yölga qöyiş közda tutilmoqda. Ular xonadonlarga nazorat qurilmalarini örnatiş, tansoqçilik, tadbirlarda tartibni saqlaş, dronlar orqali kuzatuv va mavsumiy obyektlarni qöriqlaşni qamrab oladi. Köp kvartirali uylarda domofon va taşviş tugmalari orqali texnik qöriqlaş ham taklif etildi.

«Raqamli qöriqlaş» yagona tizimi şartnomalar, tölovlar va tezkor guruhlar harakatini elektron boşqarişga xizmat qiladi. Xavflarni oldindan aniqlaşda sun’iy intellektdan foydalaniş rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, xususiy sektor iştirokini kengaytiriş va Milliy gvardiya qöriqlaydigan obyektlar turini 13 tadan 24 taga yetkaziş taklif qilindi.

2027-yilda qöriqlanadigan obyektlarni 600 mingtaga, tezkor guruhlarni 800 taga yetkaziş, yana 1,5 mingta mahallada patrullikni taşkil etiş va xodimlar sonini 8 ming nafarga oşiriş maqsad qilingan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring