Özbekiston 2027-yilda sayohat qiliş uçun eng xavfsiz mamlakatlar qatoriga kiritildi

Asosiy rasm


CEOWORLD Magazine naşrining 2027-yilgi Travel Safety Ranking reytingida Özbekiston «xavfsizlik darajasi juda yuqori» – Very High toifasidan joy oldi.

Baholaşda mamlakatdagi tinçlik va barqarorlik, jamoat tartibi hamda sayyohlar uçun xavfsiz muhit muhim omillar sifatida qayd etilgan.

Reytingda Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari ham örin olgan. Jumladan, Qozoğiston 44-, Turkmaniston 57-, Qirğiziston 65- va Tojikiston 73-örinda körsatilgan.

Avvalroq, AQŞ Davlat departamentining Özbekiston böyiça sayohat tavsiyasi 1-daraja – «Odatiy ehtiyot çoralariga rioya qiliş» etib belgilangan edi. Bu tört bosqiçli tizimdagi eng past xavf darajasidir.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring