Qaşqadaryoda aholining çorva ozuqasi xarajatlarining 10 foizini subsidiyalaş taklif etildi

Asosiy rasm

Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan taqdimotda 2027-yildan Qaşqadaryoda aholi xonadonlaridagi çorva uçun ozuqa xaridi xarajatlarining 10 foizini subsidiyalaş tizimini sinov tariqasida joriy etiş taklif qilindi.

Şuningdek, ilgari surilgan taşabbuslar 100 dan ortiq ozuqa markazi va şoxobçasini taşkil etiş, ozuqa yetiştirişni hozirgi 48 million tonnadan 2027-yilda 64,5 million tonnaga yetkaziş, yangi yerlarni özlaştiriş va çorva naslini yaxşilaşni öz içiga oladi.

Tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratiş hamda «Pivot» suğoriş texnologiyasi uçun subsidiyani gektariga 2,5 million sömdan 4 million sömgaça oşiriş ham taklif etildi.

Uşbu çoralar hisobiga qöşimça 400 ming tonna göşt yetiştiriş imkoniyati yaratilishi qayd etildi.

Prezident mas’ullarga takliflarni puxta işlab çiqiş, moliyalaştiriş mexanizmlarini belgilaş va içki bozorda göşt hamda sut mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlaş böyiça topşiriqlar berdi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring