Çilonzorda Anhor kanali böyida yangi saylgoh va uçta köprik quriladi
Toşkentning Çilonzor tumanida Anhor kanalining Bunyodkor köçasidan Naqqoşlik köçasigaça bölgan 1,7 kilometrlik qismida yangi saylgoh barpo etilmoqda.
Loyiha doirasida kanal böylab umumiy uzunligi 3,4 kilometr bölgan piyodalar va velosiped yölaklari, ikki qirğoqni boğlovçi uçta köprik quriladi. Xavfsizlik uçun qirğoqlarga himoya panjaralari örnatiladi.
Hududga 500 dan ortiq daraxt va buta köçati ekiş rejalashtirilgan. Hozirgaça kanal özanining 500 metrdan ortiq qismi betonlangan.
Saylgohni 2027-yil may oyida foydalanişga topşiriş möljallangan.