294 mingdan ortiq obyekt böyiça mulk va ijara huquqlari e’tirof etildi
Kadastr agentligi ma’lum qilişiça, ÖRQ–937-son qonun doirasida 294 398 ta köçmas mulk obyekti böyiça mulk va ijara huquqlari töliq e’tirof etildi.
Qonun ijrosi doirasida 1,87 milliondan ortiq obyekt xatlovdan ötkazilib, ularning 1,81 milliondan ziyodi «UZKAD» tizimiga köçirilgan.
Respublika böyiça 767 ta mahallada xatlov işlari töliq yakunlangan.
Agentlikning umumiy faoliyat natijalariga köra, 1,33 millionga yaqin köçmas mulk huquqi davlat röyxatidan ötkazilgan, 885,7 mingta kadastr pasporti şakllantirilgan. Xizmat körsatişda rad etişlar 2,1 baravarga kamaygan.
Davlat xizmatlari markazlaridagi 206 ta «Kadastr maslahat burçagi» orqali 91 mingdan ortiq murojaat joyida ijobiy hal etilib, rad etilişining oldi olingan. Şuningdek, 8 milliondan ziyod arxiv hujjati raqamlaştirilgan.