Qurilayotgan uy-joyni reklama qiliş tartibga solinadi
Köp hollarda fuqaro yangi uy haqida faqat reklamadan biladi. Quruvçi kimligi, yer kimga tegişli ekani, ruxsatnomalar mavjudligi va uy qaçon topşirilişi haqida işonçli ma’lumot oliş esa qiyin.
Natijada ayrim obyektlar keyinçalik «muammoli»ga aylanadi: quriliş töxtaydi, muddatlar çöziladi, fuqaro esa na uyga, na tölagan puliga ega böladi.
Urbanizatsiya milliy qömitasi işlab çiqqan «Köp kvartirali uylarni va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida»gi Qonun loyihasi bu muammolarni reklama bosqiçidayoq bartaraf etişni közda tutadi.