Bojxona deklaratsiyalarini avtomatik rasmiylaştiriş mumkin böldi: yölovçilar uçun muhim me’yorlar
Bojxona qömitasining qarori bilan yölovçi deklaratsiyalarini rasmiylaştiriş tartibi va unga ilova qilingan me’yorlar yangilandi. Hujjat 2026-yil 18-noyabrdan kuçga kirgan.
Endilikda xavf darajasi past elektron deklaratsiyalar bojxona xodimi iştirokisiz avtomatik rasmiylaştirilişi mumkin. Bu deklaratsiyalarda taqiqlangan yoki çeklangan tovarlar hamda yozma deklaratsiyalanişi şart bölgan naqd valyuta haqida ma’lumotlar bölmasligi kerak.
Şaxsiy ehtiyoj uçun tovarlarni bojsiz olib kiriş limitlari:
– aeroport orqali – 1 000 dollar;
– temir yöl va daryo punktlari orqali – 500 dollar;
– avtomobil yoki piyoda ötiş punktlari orqali – 300 dollar.
Xorijda aeroport orqali safarda 3 kundan, boşqa körsatilgan yollar orqali 2 kundan kam bölinsa yoki bir kalendar oyda xorijga 3 marta va undan köp çiqilsa, bojsiz me’yorlar qöllanilmaydi.
Miqdoriy me’yorlar ham belgilangan: alkogol – 2 litr, sigareta – 200 dona, sigara – 5 dona, tamaki – 100 gramm. Atir va ifor tarqatuvçi suvlar – 3 dona, 300 mldan oşmagan miqdorda. Biologik faol qöşimçalar – 10 xil nomda, har biridan bitta qadoq, jami 3 kggacha.
Deklaratsiyasiz tovar olib çiqiş limiti – 5 000 dollar. Bunda guruç – 3 kg, non-bulka mahsulotlari – 5 kg, göşt mahsulotlari, şakar va ösimlik moyi – har biri 2 kg, meva-sabzavot, poliz, dukkakli va quritilgan mahsulotlar – 40 kg me’yorida körsatilgan. Tayyor zargarlik buyumlari uçun me’yor – 65 gramm oltin va 200 gramm kumuş.
Naqd milliy va çet el valyutasini olib çiqişning umumiy chegarasi – 100 mln söm ekvivalenti. Hukumat delegatsiyalari a’zolari hamda norezidentlarning kirişda deklaratsiyalangan mablağlari, xalqaro musobaqalar bilan boğliq qonuniy mablağlari va deklaratsiyalab keltirilgan zargarlik buyumlarini «Termiz xalqaro savdo markazi»da sotişdan olgan valyutasi uçun belgilangan şartlar asosida istisnolar mavjud.