Toşkentda startaplar va investorlarni birlaştiruvçi Techstars Startup Week festivali ötkaziladi
24–26-noyabr kunlari Toşkentdagi Humo Arena majmuasida Techstars Startup Week xalqaro texnologik festivali bölib ötadi.
Tadbir startap asosçilari, investorlar, yirik kompaniyalar va texnologik ekotizim vakillarini jamlaydi. Dasturda 12 ta formatda 100 dan ortiq sessiya, jumladan, panel muhokamalari, amaliy maşğulotlar va xalqaro ekspertlar çiqişlari rejalaştirilgan.
Şuningdek, startap taqdimotlari, investorlar bilan uçraşuvlar, Startup Alley körgazmalari hamda UzVC SGP 3.0 va SGP Life Sciences akseleratsiya dasturlarining Demo Day tadbirlari ötkaziladi.
Festival Iqtisodiyot va moliya vazirligi kömagida UzVC Milliy vençur jamğarmasi va Hackonnect tomonidan taşkil etilmoqda.
Iştirok etiş bepul. Qatnaşiş uçun röyxatdan ötiş zarur.