Nogironligi bölgan şaxslar örtasida «Eng yaxşi ijtimoiy loyiha» tanlovi e’lon qilindi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi nogironligi bölgan şaxslar örtasida «Eng yaxşi ijtimoiy loyiha» respublika tanlovini e’lon qildi.
Tanlov nogironligi bölgan şaxslar hayotini yaxşilaşga qaratilgan, amalga oşirilgan loyihalarni qöllab-quvvatlaşga möljallangan.
Iştirokçilar belgilangan şakldagi ariza, loyihaning batafsil taqdimoti hamda natijalarini tasdiqlovçi hujjatlar, foto va videolarni taqdim etişi kerak.
Ğoliblar quyidagi miqdorda mukofotlanadi:
– 1-örin – BHMning 100 baravari;
– 2-örin – BHMning 70 baravari;
– 3-örin – BHMning 50 baravari.
Hujjatlar 2026-yil 19-noyabrga qadar loyiha@ihma.uz manzilida qabul qilinadi.
Ma’lumot uçun: 71 239-59-24.