26 ta arxeologiya yodgorligiga zarar yetkazilgani aniqlandi
Prokuratura organlari va Madaniy meros agentligi örganişlarida 26 ta arxeologiya yodgorligiga zarar yetkazilgani, 48 ta yodgorlikning muhofaza hududida esa noqonuniy qurilişlar mavjudligi aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura ma’lum qildi.
Jumladan, Andijondagi miloddan avvalgi XII–VII asrlarga oid «Dalvarzin» yodgorligi hududida mevali boğ, ekin maydoni va beton ğişt sexi taşkil etilgan. Samarqanddagi «Talliğulontepa» yodgorligining 195 kub metr qismi oğir texnika yordamida buzilgan.
Şahrisabzdagi «Sariqtepa» yodgorligining muhofaza hududida esa üçta uy özboşimçalik bilan qurilgan.
Örganişlar natijasida 8 ta jinoyat işi qözğatilgan, 68 ta taqdimnoma kiritilgan. 20 nafar mansabdor şaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan, yodgorliklarga qariyb 300 ta muhofaza belgisi örnatilişi ta’minlangan.