Toşkentda taqiqlangan joylarda qoldirilgan avtomobillar jarima maydonçasiga olib ketiladi

Asosiy rasm

2026-yil 24-dekabrdan Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş va jarima maydonçalarida saqlaşning yangi tartibi joriy etiladi. Hukumat qaroriga muvofiq, bu jarayonlar yagona elektron tizim orqali amalga oşiriladi.

Yangi qoidaga köra, piyodalar yölaklari, nogironligi bölgan şaxslar harakati uçun ajratilgan joylar hamda maxsus xizmatlar harakatiga tösqinlik qiladigan tarzda qoldirilgan avtomobillar evakuatsiya qilinadi.

Haydovçi evakuator maşinani yuklaşni boşlagunga qadar yetib kelib, qoidabuzarlikni bartaraf etsa, avtomobil olib ketilmaydi. Yuklaş boşlanganidan keyin esa evakuatsiyani töxtatiş mumkin emas.

Toşkentda evakuatsiyaning har bir kilometri uçun 88 ming sömgaça, jarima maydonçasida saqlaşning har bir sutkasi uçun ham 88 ming sömgaça tölov belgilangan. Masalan, 3 kilometr evakuatsiya va 3 sutka saqlaş 528 ming sömga tuşadi. Bunga qoidabuzarlik jarimasi kirmaydi.

Avtomobil elektron tölov amalga oşirilib, QR-kodli ruxsatnoma olingandan keyin egasiga qaytariladi. Jarima maydonçalari dam oliş va bayram kunlari ham işlaydi.

Şuningdek, olib ketilgan avtomobil 6 oy davomida talab qilinmasa, qarzdorlik majburiy undiriladi. 12 oydan keyin esa sud uni egasiz mulk deb topişi mumkin.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring